«gaz portlashi» tegli maqolalar


Qashqadaryodagi sayilda gaz portlashi oqibatida salkam 40 kishi jarohatlandi
19 mart 2024, 14:22

Qashqadaryodagi sayilda gaz portlashi oqibatida salkam 40 kishi jarohatlandi

Ko‘kdala tumanida o‘tkazilgan sayilda gaz balloni portladi. Oqibatda 37 kishi jarohatlandi, ulardan 7 nafari shifoxonaga yotqizildi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

Farg‘onada gaz portlashi oqibatida uch nafar Hindiston fuqarosi jarohatlandi
12 mart 2024, 19:29

Farg‘onada gaz portlashi oqibatida uch nafar Hindiston fuqarosi jarohatlandi

Farg‘ona shahridagi yashash xonadonida gaz portlashi sodir bo‘ldi, oqibatda uch nafar Hindiston fuqarosi — Farg‘ona tibbiyot instituti talabalari jarohatlandi.

Buxoroda do‘kon yerto‘lasidagi gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
1 mart 2024, 11:30

Buxoroda do‘kon yerto‘lasidagi gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Buxoro shahridagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konining yerto‘lasida gaz portladi. Hodisa oqibatida 1-qavatning 2 dona beton plitasi qulab tushdi, bir kishi voqea joyida halok bo‘ldi, yana bir fuqaro shifoxonaga yuborildi.

Toshkent viloyatidagi AGQSHda avtomobil balloni portladi
9 iyun 2023, 12:35

Toshkent viloyatidagi AGQSHda avtomobil balloni portladi

Toshkent viloyati Parkent tumanidagi gaz quyish shoxobchasida yonilg‘i quyish vaqtida Nexia avtomashinasida gaz balloni portlab ketdi. Yana ikkita mashina shikastlandi. Qurbonlar yo‘q.

Qashqadaryodagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portladi
25 aprel 2023, 09:27

Qashqadaryodagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portladi

Kitob tumanidagi ko‘p qavatli xonadonlarning birida gaz portladi. Oqibatda uyning deraza va eshik romlariga zarar yetdi. Bir nafar fuqaro yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi.

Samarqand viloyatidagi parranda fabrikasida portlash yuz berdi
30 mart 2023, 13:21

Samarqand viloyatidagi parranda fabrikasida portlash yuz berdi

Kattaqo‘rg‘on tumanida parranda fabrikasida portlash sodir bo‘ldi. Uning oqibatida ikki kishi jarohat oldi.

Samarqanddagi uyda gaz portlashi oqibatida 4 kishi vafot etdi
28 mart 2023, 10:20

Samarqanddagi uyda gaz portlashi oqibatida 4 kishi vafot etdi

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi xonadonda gaz portlashi sababli er-xotin va ularning voyaga yetmagan ikki nabirasi 50−60 foiz kuyish jarohatini oldi. Bemorlarning barchasi shifoxonada vafot etdi.

Nukusdagi portlashda vayronalar ostidan olib chiqilgan 5 yoshli qizcha vafot etdi
10 mart 2023, 14:42

Nukusdagi portlashda vayronalar ostidan olib chiqilgan 5 yoshli qizcha vafot etdi

Nukus shahridagi 4 qavatli uyda gaz portlashidan so‘ng vayronalar ostidan qutqarib olingan 5 yoshli qizcha 8 mart kuni shifoxonada vafot etdi. Qizchaning otasi ushbu baxtsiz hodisa oqibatida onasi, turmush o‘rtog‘i va ikki farzandidan ayrildi.

Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi sabab bir kishi vafot etdi
8 fevral 2023, 15:35

Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi sabab bir kishi vafot etdi

Ellikqal’a tumanidagi xonadonda gaz portladi. Oqibatda bir ayol vafot etdi. Voqea bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi.

Nukusdagi portlashda halok bo‘lgan marhuma — Nurzada Utambetova
2 fevral 2023, 15:26

Nukusdagi portlashda halok bo‘lgan marhuma — Nurzada Utambetova

«Gazeta.uz» qutqaruv ishlari davomida Nukusdagi uy vayronalari ostidan jasadi topilgan yana bir insonning shaxsiga aniqlik kiritdi. U Nurzada Utambetova bo‘lib, uzoq yillar «Hududiy elektr tarmoqlari» kompaniyasining Qoraqalpog‘istondagi filialida faoliyat yuritgan va nafaqaga chiqqan bo‘lgan.

Nukusda portlagan uy vayronalaridan fuqaro jasadi va 5 yoshli qiz topildi
30 yanvar 2023, 08:57

Nukusda portlagan uy vayronalaridan fuqaro jasadi va 5 yoshli qiz topildi

Nukus shahridagi gaz portlagan 4 qavatli uy vayronalaridan bir nafar fuqaro jasadi topildi va 5 yoshli qiz qutqarib qolindi. Uyda yashovchi boshqa fuqarolar evakuatsiya qilinib, vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlandi.

Qoraqalpog‘istondagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi
29 yanvar 2023, 20:12

Qoraqalpog‘istondagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi

Nukus shahridagi 4 qavatli uylarning birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 2 nafar yigit kuyish tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga joylashtirildi. Voqea joyiga Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Amanbay Orinbayev va Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov bordi.

Sirdaryodagi uyda gaz portlashi oqibatida 2 kishi vafot etdi
16 yanvar 2023, 15:45

Sirdaryodagi uyda gaz portlashi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Xovos tumanida gaz portlashi tufayli 2 kishi vafot etdi, 1 kishi jarohat oldi. Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlandi.

Namangandagi uyda gaz portlashi oqibatida 2 kishi kuyish jarohatini oldi
13 yanvar 2023, 11:42

Namangandagi uyda gaz portlashi oqibatida 2 kishi kuyish jarohatini oldi

Namangan tumanidagi xonadonlarning birida gaz portlashi sodir bo‘ldi. Oqibatda 31 yoshli ayol va uning 9 yoshli farzandi kuyish jarohatini oldi.

Qarshidagi qozonxonada gaz portladi
12 yanvar 2023, 13:17

Qarshidagi qozonxonada gaz portladi

Qarshining qozonxonalaridan birida gaz portladi. Portlash oqibatida qozonxonaning yengil konstruksiya usulida qoplangan tom qismi qulab tushdi.

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birida gaz portladi
30 dekabr 2022, 09:48

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birida gaz portladi

Mirobod tumanidagi ko‘p qavatli uy xonadonlarining birida gaz portlashi sodir bo‘ldi. Hodisa sabab bir kishi jarohatlandi.

Buxoroda xonadonda gaz portlashi oqibatida 2-sinf o‘quvchisi vafot etdi
19 oktabr 2022, 11:18

Buxoroda xonadonda gaz portlashi oqibatida 2-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Qorako‘l tumanidagi xonadonlarning birida gaz chaqnashi sodir bo‘ldi. Oqibatda 2-sinf o‘quvchisi olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shahrixondagi gaz portlashi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11 fevral 2022, 16:59

Shahrixondagi gaz portlashi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi tibbiyot markazida yuz bergan portlash holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Ayni vaqtda hodisa oqibatida jabrlanganlar soni 11 nafarni tashkil etmoqda.

Andijon viloyatidagi kasalxonada gaz portlashi ro‘y berdi
11 fevral 2022, 13:13

Andijon viloyatidagi kasalxonada gaz portlashi ro‘y berdi

Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi tibbiyot muassasalaridan birida gaz portlashi yuz berdi. 7 kishi jarohat olgan, halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Farg‘ona viloyatida hammomda gaz portlashi sodir bo‘ldi, qurbonlar bor
31 dekabr 2021, 19:57

Farg‘ona viloyatida hammomda gaz portlashi sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida hammomda gaz-havo aralashmasining chaqnashi yuzaga keldi. Portlash oqibatida hammom tomi qulagan. Uch kishining vafot etgani, to‘rt fuqaroning jarohatlangani ma’lum qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting